Respublika rassomlik kolleji haqida ma'lumot

    Ushbu kollej 1949 yilda Samarqand badiiy o’quv yurti (1918 yildp tashkil etilgan) va Toshkentdagi Badiiy texnikumni birlashtirish asosida vujudga kelgan va u 48 yil davomida P.P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti deb yuritilgan. Dastlab bu o’quv maskani qoshida teatr bezakchisi, rassom o’qituvchilar tayyorlash, xaykaltaroshlik bo’limlari mavjud bo’lib, 1952-1953 yillarda amaliy san'at (ganch va yog’och o’ymakorligi, gilamdo’zlik) bo’limi ochilgan. 1975 yilda badiiy bezak, 1981 yilda esa badiiy lok miniatyura, teatr bezak san'ati yoritish bo’yicha texnik mutaxassislar, saxna bezagi, grim, butaforiya, tarixiy libos kabi bo’limlar ochildi. 

Jaxon tasviriy san'at rivojiga munosib xissa qo’shgan R.Axmedov, A.Abdullaev, N.Ko’ziboev, R.Choriev, B.Jalolov, J.Umarbekov, T.Qo’ziev, A.Mirzaev, O.Fayzullaev, V.Burmakin, L.Ibragimov, R.Xudayberganov kabi Respublikamizning mashxur rassomlari anashu o’quv yurtida taxsil olishgan.

1997 yilning yanvar oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 131-sonli Farmoni xamda Vazirlar Maxkamasining mart oyidagi 128-sonli Qaroriga asosan O’zbekiston Badiiy Akademiyasi tashkil etildi va Respublikadagi bilim yurtlari tasviriy san'at bilam yurtlari uning tasarrufiga o’tdi. P.P.Benkov nomidagi Respublika Rassomlik bilim yurti ushbu sanadan boshlab Respublika rassomlik kolleji deb atala boshladi.

Xozirgi paytda Respublika rassomlik kollejida 7 ta ta'lim yo’nalishida 13 ta ixtisoslik bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi.

Ta’lim Yunalishlari.                                                  Направления образования                                                                                       

 

1.Rassom                                                                  1. Художник

1.Dastgoxli rangtasvir                                                 1.Станковая живопись.

Maxobatli rangtasvir                                                    2.Монументальная живопись.

 

2. Grafika                                                                   2. Графика

1.Amaliy grafika                                                           1.Станковая графика.

 2.Lokli miniatyura                                                        2.Лаковая миниатюра.

 

3.Haykaltarosh                                                        3. Скульптура

1. Haykaltarosh                                                            1.Скульптура.

2.Me`moriy - dekoraiv plastikasi rassom

 

4.Kino va televidenie rassomi                              4. Искусство кино и телевидения.

1.Kino va televidenie rassomi                                       1.Искусство кино и телевидения.

2.Tasviriy san`at studiya raxbari                                 2.Руководитель студии изобразительного исскуства

 

5.Mahobatli bezak san'ati rassomi                     5. Монументально-декоративное искусство.

1.Mahobatli bezak san'ati rassomi                                1.Монументально-декоративное искусство

2.Tasviriy san`at studiya raxbari                                 2.Руководитель студии

                                                                                       изобразительного исскуства

 

6.Qayta tiklash rassomi                                         6. Реставрация и хранение произведений

1.Qayta tiklash rassomi                                                  изобразительного и прикладного искусства

2.San`at asarlarini saqlovchi xodim                              1.Реставрация и хранение произведений

                                                                                       изобразительного и прикладного искусства.

 

 

7.Teatr san'ati rassomi                                          7.Театральное искусство

1.Teatr grimi                                                                 1.Театрально-декоративная живопись.

2.Teatr butafori                                                            2.Театральный грим.

3.Teatr saxnasini bezatish                                            3.Театральная бутафория.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


O’zbekiston tasviriy san'at ta'limi tizimida Respublika rassomlik kolleji o’ziga xos munosib o’rin tutadi. Ushbu san'at o’quv dargohida talabalarga yetuk rassomlar, taniqli san'at usullari, sohaning bilimdon, fidoiy o’qituvchilari saboq berishadi.


Respublika rassomlik kolleji tarixidan



Respublika rassomlik kolleji-tasviriy va amaliy san'at bo’yicha mutaxassislar, teatr uchun texnik mutaxassislar, rassom –o’qituvchilar tayyorlaydigan Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng nufuzli nafosat maskanlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda milliy ma'naviyatimiz rivojini tasviriy san'at namunalarisiz tasavvur etib bo’lmaydi.O’zbek rassomlarining samarali ijodi albatta Respublika rassomlik kollejining tarixi bilan chambarchas bog’liqdir.

Respublik rassomlik bilim yurtining tashkil topishi va taraqqiy etishi nafaqat O’zbekiston, balki umuman Markaziy Osiyo mintaqasi tasviriy va amaliy san'atining shakllanishi va taraqqiy etishiga o’z xissasini qo’shgan. Respublika rassomlik bilim yurti asrimiz boshida Turkistonning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlari bo’lgan Samarqand va Toshkentda faoliyat ko’rsatgan ikkita rassomlik bilim yurtining birikishi natijasida tashkil topgan.

1918 yil 2 oktyabrda bir qator maxalliy ziyolilar va L.L. Bure va Z.Vishnevskaya kabi bir necha pedagog rassomlar tashabbusini qo’llab quvvatlagan yangi Turkiston xukumati Samarqandda maxsus rassomlik bilim yurtini tashkil qilishga qaror qildi.

Oradan o’n yil o’tgach,1928 yil 7 oktyabrda esa bu maktab Samarqand tasviriy san'at texnikumiga aylantirilgan.

Turkiston xalq ta'limi komissariati kollegiyasi 1919 yil 16 fevral kuni o’z yig’ilishida ko’rib chiqdi. Kollegiya qarori bilan tashabbus guruxiga qisqa vaqt ichida Toshkentda Turkiston rassomlik o’quv yurtini tashkil etish vazifasi yuklandi. 1919 yil 14 mart kuni bu yangi o’quv yurti o’z bag’riga birinchi o’quvchilarini qabul qila boshladi.

P.P.Ben'kov nomli Respublika rassomlik bilim yurti 1949- da Toshkent rassomlik texnikumida va P.P. Ben'kov nomidagi Samarqand rassomlik bilim yurtining qo’shilishi zaminida Toshkentda tashkil qilingan. Bilim yurtida dastlab rassom-o’qituvchilar, teatr sahna bezagi, haykaltaroshlik bo’limlari bo’lgan. Keyinchalik (1952-1953da) amaliy san'at (ganch va yog’och o’ymakorligi , kandakorlik, gilam to’qish va boshqalar.1981yilda lak miniatyurasi rassomligi) va teatr bezagi mutaxassisligi (sahna yoritish texnikasi, sahna rassomi, grim, butaforiya , libos ),1975 da badiiy bezatish (badiiy loyihalash, inter'erlarni bezash ) bo’limlari tuzilgan. P .Ben'kov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti Markaziy Osiyoda tasviriy va amaliy san'at beshigi vazifasini o’tab keldi. Markaziy Osiyo mamlakatlarining qariyb barcha tasviriy va amaliy san'at ustalari, rassomlari ijodi ma'lum darajasida bu bilim yurti bilan uzoviy bog’langan. O’zbekistonning XX-asr tasviriy san'ati hazinasiga munosib hissa qo’shilgan Pavel Petrovich Ben'kov, Aleksandr Nikalaevich Volkov, Z. Kavaleskaya , Nadejda Kashina, N. G. Karaxana, Abdulhalq Abdullaev, Malik Nabiev , Lutfulla Abdullaev, Rashid Timurov, Rahim Ahmedov, Eduard Kalandarov, Ro’zi Choriev, Ne'mat Qo’ziboev, Zokir Inog’omov, Alisher Mirzaev, Qutlug’ Basharov, Shuxrat Abdurashidov, Nikalay Sergeevich Shin, Javlon Umarbekov, Tel'man Muxamedov va boshqa yuzlab rassomlarning ijodiy tarjimai xoli Respublika rassomlik kolleji tarixi bilan hamqadamdir.

Bilim yurtida turli davrlarda Usta shirin Murodov, T. Arslonqulov, YO. Raufov, J., Hakimov, M., Qosimov, T. To’xtaxo’jaev, M. Rahimov, V. Riftin, Ch. Ahmarov, A. Abdullaev, T. Tatevosyan, V. Jmakin, N. Qo’ziboevlar dars berganlar. 1994-95 o’quv yilida 490 dan ortiq o’quvchi ta'lim olgan. Jahonga tanilgan o’zbek rassomlaridan T. Oganesov, R. Choriev, N. Qo’ziboev, R. Ahmedov, A. Abdullaev, Sh. Absalomov, M. V. Kupriyanov, (mashhur Kukriniksilarining birinchsi), mashhur rus yozuvchisi B. A. Lavrenov, Qirg’iziston xalq rassomi S. A. Chuykov, O’zbekiston halq rassomi N. G. Karaxan, J . Umarbekov, B. Jalolov va boshqalar shu bilim yurtida tahsil olganlar.

P.P Ben'kov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti O’zbekiston Respublikasi Prizidentining 1997 yil “O’zbekiston Badiiy Akademiyasini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni va Vazirlar Maxkamasining 1997 yil qaroriga muvofiq , O’zbekiston Badiiy Akademiyasi tasarrufidagi Respublika rassomlik kolleji sifatida qayta tashkil etilgan.

Ayni paytda yurtimizda tasviriy san'at sohasini rivojlantirish bo’yicha oldimizda ko’pgina vazifalar turganini takidlash lozim. Xususan, bu sohada ham zamonaviy ijod maktabini yaratish, shu maqsadda keng moqyosda fikirlaydigan, qadimiy tariximiz, milliy tabiatimizni chuqur biladigan, o’zi yaratayotgan obrazning barcha xususiyatlarini avvalambor yuragidan, qalbidan o’tkazib ijod qilishga qodir bo’lgan yetuk rassomlarni tarbiyalashdir.

So'rovnoma

Siz ?

Oliy o'quv yurti talabasi
Kollej talabasi
Shu kollej talabasi
Abiturient
Ishchi
Ishsiz
Madaniyat arbobi

 
 
Taqvim
«    Июль 2014    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 
  • s