Milliy naqshlarimiz g‘oyatda boy mazmunga ega. Oddiy qoshiq, lagan, quticha, sandiq, belanchak, cholg‘u asboblari, uy-ro‘zgor buyumlaridan tortib turar joy va jamoat binolarining devor hamda shiftlariga solingan naqshlar insonni hayratga soladi, uni uylantiradi. Bu go‘zal naqshlar ajoyib naqqoshlar tomonidan yaratilgan bo‘lib, asrlar davomida bunyod topdi, rivojlandi, me’morchilik hamda tasviriy san’at rivoji bilan bog‘langan holda takomillashib bordi.

Naqsh - arabcha tasvir, gul degan ma’noni anglatadi. Quyosh, hayvon, o‘simlik, geometrik va boshqa elementlarni ma’lum tartibda takrorlanishidan xosil kilingan bezakdir. Ganchkorlik, kandakorlik, kashtaduzlikda, zarduzlik, kulol-chilik, zargarlik, gilam tuqish, tuqimachilik, inkrustatsiya, panjaralar va hokazolarda har xil yullar bilan naqshlar ishlanadi. Masalan, uyib, chizib, chok yordamida, zarb bilan kadab va boshqa usullarda naqsh solinadi naqqoshlik san’ati tarixi insoniyat madaniyati bilan qatorda qadimiydir.

Madaniyatning rivojlanishi natijasida rassomlik va naqqoshlik ajralib chiqadi hamda rivojlandi. Har xil arxeologik qazilmalar shuni ko‘rsatadiki, naqqoshlik jahondagi barcha xalklarda qadimdan mavjud ekanligi bizga ma’lum bo‘ldi. Chunonchi, Xitoyda, Qadimiy Eronda, Xindistonda va boshqa joylarda naqshning har xil turlarini kurish mumkin. Naqqoshlik har bir davlatning uziga xos muhitga: geografik o‘ringa, o‘lkaning o‘simlik dunyosiga ko‘ra rivoj topdi. Masalan, arman va gruzinlarda uzum va uzum bargi, shimol xalklarida archa har xil hayvonlar, kirgiz va qozoqlarda mol shohi, tojiklarda va o‘zbek xalqlarining naqshlariga qarasak anor, bodom, gullar, kalampir va boshqalarni ramziy naqsh tariqasida ishlatilganligini kurasiz. Yevropada barokko, gotika, roman, klassitsizm uslublari har xil davrlarda hukmron bo‘ldi. Bu esa o‘z-o‘zidan naqqoshlik san’atining rivojlanishiga ta’sir etdi.