O‘zbek halq amaliy san’atining turlari ichida zeb-ziynat san’ati bo‘lmish zargarlik alohida o‘rin egallaydi.

Zargarlik san’atida tugnagich, baldoq, marjonlar ilma tugmalar yasalgan. Uni qadimda oshiqlar maxbubasiga sovg‘a qilgan. Uni taqqan kishini ajin hamda sepkillardan asragan, zehnni ravshan qilgan, kishini bardam, ruxiyatini kutargan. Xalqadondan o‘tmishda marjonlar, uzuk, tugnagichlar, bilak-uzuk va boshqalar yasalib, u guyo odamlarni qahru-g‘azab, g‘amu-anduxdan asragan.

O‘zbek zargarligi juda kadimiy tarixga ega. Unga ibtidoiy jamoa tuzimi davrida asos solingan. Arxeologik topilmalardan ma’lumki, zargarlik san’ati juda kadimiy san’at bo‘lgan. Eramizgacha bo‘lgan I asrdan boshlab eramizning VIII asrigacha Ayritom, Afrosiyob, Dalvarzintepa, Xolgayon, Bolaliktepada chiroylik xaykallar, devor bezaklari orqali zargarlik san’ati rivojlanganligini kurish mumkin.

Tosh asrining so‘ngi davri neolitdayok (eramizga IV-III ming yillikning oxirida) shildiroq, munchoqlar, har xil toshlar, chig‘anoq xamda suyaklardan yasalgan bezaklar topilgan. Bu esa zargarlikni rivojlanganligidan dalolat beradi.

IV-V asrlarda zargarlik buyumlari kam ishlangan. Ular tosh, shisha, pastalardan kilingan. Masalan, Xorazmda shishadan kilingan sher va qurbaqa shaklidagi munchoqlar topilgan.

X-XI asrlar o‘rtasida bitta katta teshigi bo‘lgan suyakli tugmachalar ko‘p ishlatilgan.

Xozirgi kunda Dadamuxamedov Fasixitdin o‘zbek milliy an’anaviy zagarlik san’atini rivojlantirishni davom ettirish bilan bir qatorda 50 dan ortiq yoshlarga zargarlik san’ati sirlarini o‘rgatib kelmoqda.