Yog'och o'ymakorligi san'ati O'zbekiston madaniyatining ajralmas qismi hisoblanib, tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Milliy me'morlik san'ati va xalqimiz kundalik turmushida yog'och o'ymakorligi azaldan katta shuhrat qozongan. Shaharsozlikda u arxitektura qismlari va tuzilishlari, masalan, ravoq, eshik, shift va panjalar yasashda qo'llanilar edi. Kundalik turmushda uy anjomlarining mebeldan tortib, to idish-tovoqlargacha iborat katta qismini o'z ichiga oladi.