Kundalik xayotimizga shiddat bilan kirib kelgan va o’z o’rnini chuqur egallagan  kino va televideniya san’ati rassomlarimiz  ishtirokisiz  tasavvur qilish qiyin.  Biroq  bu soxaning  o’ziga xos nozik tomonlari  va sir- asrorlari  mavjud.  Kollejimizda nisbatan yosh  lekin  shunga qaramay o’z o’rnini  puxta egallagan bo’limlarimizdan biri  bu kino va televideniya san’ati  bo’limidir.  Bu bo’limda  Sh. Zokirov, M. Qoraboev  va  A. Ortiqov  kabi  talabchan  pedagog rassomlarimiz  yoshlarda  shu kasbga  katta mexr uyg’ota  oldilar. Ularning  bevosita  rahbarligida  shu  kasb  sirlarini  o’zlashtirayotgan  yoshlarimiz  kino va televidiniya san’ati rassomi  kasbini egallab  katta xayotga  qadam qo’ymoqdalar. Kino televideniyaga tegishli kompozistiya ishlarining badiiy asar yoritadi, chunki asarni o’qib chiqqandan keyingina barcha ijodiy tasviriy g’oyalar hayolan pishitib olinadi.        

O’quvchida badiiy did, obrazli fikrlashni rivojlantiradi. Kompozistiyadan eng asosiy g’oyaga diqqatni tortish imkoniyatini xam beradi. Kompozistiyada qanday qilib asardagi barcha elementlarni asosiy xisoblangan xolda mazmunga bo’ysunganligini tushuntirib berishi ko’rsatib beradi.