Tarixiy yodgorliklar ob-havo o’zgarishioqibatida yemirilib  ketadi hamda tasviriy san’at asarlari turli sabablar va  shart-sharoitlar  ta’sirida ta’mirtalab    bo’lib qoladi. Hozir mamalakatimizda  me’moriy obidalarni qayta tiklash  va ta’mirlash  bo’yicha  juda  katta ishlar qilinmoqda.  Davlatimiz  tomonidan  amaliy  va tasviriy  san’at  asarlarini  ta’minlash  maqsadida  ham  qator   tadbirlar  amalga  oshirilmoqda.  Kollejimizda  amaliy va tasviriy  san’at  asarlarini  qayta tiklash  va saqlashni  yo’lga  qo’yish  maqsadida, shu  sohaning  etuk  mutaxassislarini  tayyorlovchi bo’lim  tashkil  qilindi.  Bu bo’limda   A.Ahmadxo’jaev  va L.Raxmatulinalar  talablarga  amaliy  va tasviriy san’at  asarlarini  qayta  tiklash  va ta’mirlash  sirlarini o’rgatib  kelishmoqda.

Teatr san’ati bilan  bog’liq  tasviriy  san’at  turlaridan  biri – teatr sahna bezagidir. Kollejmiz    mohir pedagogdlaridan  biri N.Sulton teatr sahna bezagi sirlarini juda puxta biladi. U shu soha  bo’yicha to’plagan tajribalari, bilimini  talablarga qunt  bilan o’rgatadi.