Mahsulot ishlab chiqarish, reklama, kitob nashri kabi bir qator sohalar borki, ularning faoliyati grafika rassomi mehnati va san`ati bilan uzviy bog`liqdir. Hozirgi kunda mamlakatimizda ko`plab turli xil mahsulotlar tayyorlash, ularni qadoqlash hamda reklama qilishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan grafik – rassomlar etishtirishda kollejimiz pedagog mutaxassislari alohida o`rin tutadi. Yoshlarning garafika rassomi mutaxassisligi sirlarini egallashlarida “Do`stlik ordeni” sohibi N.Kalashnikov bilan bir qatorda A. Chibisov, A. Akbarxo`jaev, M. Baklikov, V. Valiev, V. Lebedev, B. Mahkamov, A. Mamajonov kabi bir qator iste`dodli rassom pedagoglar yaqindan yordam berib, mutaxassislik bo`yicha saboq berib kelmoqdalar. Bu bo`limni bitirgan talabalar grafika rassomi va plakatchi kasbini egallab, vatanimiz ravnaqi uchun o`z ulushlarini qo`shadilar.