Juda katta va boy tarixga ega bo`lgan bu mutaxassislik insoniyatning estetik dunyoqarash shakllanishi va rivojlanishida juda katta ahamiyat kasb etuvchi asarlar mualliflarini tayyorlaydi. Ushbu yo`nalish bo`yicha kollejimiz tarixiga tamal toshi qo`yilgandan boshlab hozirgi kungacha O`zbekistonning madaniy tarixida alohida salobatga ega bo`lgan ko`plab nufuzli pedagog-rassomlar yoshlarni rassomlik kasbining sir – sinoatlari bilan tanishtirib, ularning bilim darajalarini oshirishda o`zlarining mehnatlari, bilimlari hamda tajribalarini ayamay kelmoqdalar.

Tarixda mutaxassislikka o`qitishni yo`lga qo`ygan P.P Benkov bilan bir qatorda shu sohaning etuk mutaxassis – pedagoglari yoshlarga rassomlikdan dars bergan bo`lsalar, hozirgi kunda ularning bu ishlarini “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi” X.R Aminov, O`zbekiston Badiiy Akademiyasi “Kumush medali” sohiblari Q.K Mirzahmedov, Z.Islomshikov, “Shuhrat ordeni” sohibi T.Sodiqov hamda Xusan Aminov, F. Ahmadaliev, T. Zokirov, Sh. Qo`zieva, O.N. Minich, B.Mullajonov, D.Nuriddinov, N.T. Rajabov, A.Saidberdiev, O. Sobirov, O. Toshmuhammedov, A. Toshmatov, A. Turdaliev, Sh. Xakimov, B. Paxriddinov, B. O`roqov, J. Usmonov, A. O`raev, D.Eshmatov, B. G`oyipov, Sh. Islomov, M.Karimov, T. Qo`ziboeva kabi iqtidorli, respublikada ko`zga ko`ringan rassom – pedagoglar ta`lim beradilar. Ushbu kasbni egallagan talabalar davlatimizning mafkuraviy va G`oyaviy sohasida faoliyat olib boruvchi korxonalarida o`z ishlarini davom ettiradilar.