Markaziy Osiyodan etishib chiqqan ko`plab iste`dod soxiblari maxobatli rangtasvirdek janri rivojiga o`zlarining ulkan xissalarini qo`shganlar. qadimgi Afrosiyob, Varaxsha, Chaqaniyon saroylaridagi ajoyib devoriy rasmlar parchalari xozirgacha saqlanib qolgan va ular mutaxassislar tomonidan o`rganilib kelmoqda.

O`zbekistonda birinchi bo`lib maxobatli bezak san`atini o`rgangan, targ’ib qilgan va ko`plab san`at asarlarini yaratib qoldirgan ustoz rassom Chingiz Axmarovdir.

Ch.Axmarovning ijodiy izlanishlarini ularning shogirdlari Baxodir Jalolov, Sodiq Raxmonovlar o`zlariga xos izlanishlarda davom ettirmoqdalar.
Miniatyura sanъatini maxobatli devoriy tasvir darajasiga ko`targan “Sanoi nafisa” guruxini xam ayni vaqtda eslash joiz. (Xurshid Nazirov, g’ayrat Kamolov, Toir Boltaboev)

Respublika rassomlik kollejida talabalar maxobatli bezak san`ati sirlarini maxsus tuzilgan dastur asosida o`rganishadi. Bu dastur turli uslub va ashyoviy texnikalarni o`z ichiga qamrab olgan. Respublika rassomlik kollejini tugatgan talabalar ma`muriy, madaniy, sport inshootlarida devoriy rasmlar yaratishlari (bezashlari) mumkin. Ular maxobatli rangtasvir va bezak rassomi mutaxassisligiga ega bo`lishadi. Maxobatli bezak san`ati me`morchilik san`ati bilan chambarchas bog’liqdir. Ushbu san`at janiriga mansub asarlar me`moriy binolarning ichi (interer) va tashqarisida (eksterer) bezak sifatida qo`llaniladi. Maxobatli rangtasvir boshqa tasviriy san`at turlaridan ko`plab ashyoviy texnikalar qo`llanilishi bilan xam ajralib turadi:

Masalan: mozaika, sgraffito, marketri, vitraj usullari. Akril, tempera va freska bo`yoqlarida ishlangan plafonlar shular jumlasiga kiradi.
Maxobatli bezak sanъati ko`p ming yillik tarixga ega. Bu san`at turi maxsullari to`g’risidagi birinchi ma`lumotlar qadim paleolit davriga oid (Frantsiyaning Dordon departamentida joylashgan Lasko /oridagi devoriy suratlar). Keyinchalik, qadimgi Misr, Gretsiya exromlari, saroy va xatto oddiy xalq uylarida xam ajoyib devoriy rasmlar ishlangan.
Maxobatli rangtasvir Evropa o`rta asrlarida ayniqsa (XIII- XVII) gurkirab rivojlandi.