Respublika Rassomlik kollejida O’zbek futbolining otaxoni, taniqli futbol jurnalisti Axbor Imomxo’jaev bilan o’tkazilgan davra suhbati

Tadbirni kollej direktori U.Xakimov ochib berdi. O’zbek futbolining otaxoni, taniqli futbol jurnalisti Axbor Imomxo’jaev So’zni davom ettirdilar.  So’z boshida O’zbekiston futbol federastiyasining yangi rahbariyati tomonidan O’zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun amalga oshirayotgan islohotlar haqida o’z fikrlarini bildirib o’tdi. Hamma sohada bo’lgani kabi sport sohasida ham, xususan, futbol sohasida ham 2018 yil bizda boshlangan ishlar davom etsin. Aytmoqchimanki, futbolimiz jahon va Osiyo miqyosida o’z mavqeini tiklasin. Biz faqat o’z ichki chempionatimiz bilan cheklanib qololmaymiz. Yaqinda Tailandda bo’lib o’tgan 23 yoshgacha bo’lgan futbolchilar o’rtasidagi xalqaro turnirda Ravshan Haydarov murabbiyligidagi o’smirlarimiz ajoyib o’yin namoyish etishdi. Avval guruhdagi birinchi o’rin, keyin esa finalda Yaponiyani penaltilar seriyasida maғlub etib, yangi yil oldidan muxlislarga katta sovғa tayyorlashdi.

Yaqinda Qarshida bo’lganimda ularning akademiyasi O’zbekistonda birinchi o’rinni egallagani, aynan 23 yoshgacha bo’lgan terma jamoaga ulardan 5 nafar futbolchi kiritilgani bilan faxrlanishayotganiga guvoh bo’ldim. Bitta viloyatdan besh nafar futbolchi termaga chaqirilishini faqatgina orzu qilsa bo’ladi. Bir vaqtlar sobiq ittifoq davrida o’smirlar o’rtasidagi terma jamoaga yurtimizdan 5 futbolchi jalb etilgan edi. Ya’ni bu ham ajoyib natija demoqchiman. Birinchi liga, Oliy Liga mana yangicha nomlandi. Endi ular zamonaviy talablarga javob beradigan bo’lishi kerak. Aytish kerakki, stadionlarni to’ldirish masalasi hozirda oqsamoqda. Faqatgina so’nggi o’yinlarda, birinchi, ikkinchi o’rinni aniqlashda yoki Kubok finalidagina stadionlarimizga odamlar tusha boshlashdi. Mana shunday holat har bir o’yinimizda bo’lishi kerak. Qaysi liga bo’lishidan qat’iy nazar biz odamlarni stadionga chaqira olishimiz kerak.
 
Bu hammasi bizning qo’limizda. Qachonki, futbolchilarmiz, chiroyli va zamonaviy o’yin ko’rsatsa, murabbiylar ularni yaxshi yo’lga boshlashsa, muxlislar ham stadionlarga kela boshlashadi. Federastiyada bo’layotgan o’zgarishlar haqida aytadigan bo’lsam, mana hozir ko’plab yangi kadrlar tashrif buyurishmoqda. Balki, ularga hali tajriba orttirish kerakdir, lekin ularning yoshlik shijoati o’z kuchini ko’rsatishi kerak. Ular o’zlarining yangi ғoyalari bilan har bir sohani, murabbiylar, futbolchilar, hakamlar, turli yoshdagi terma jamoalar ishining o’sishiga hissasini qo’shishiga yaqinda guvoh bo’lamiz”.

Murabbiylar, futbolchilar va hakamlar malakasini oshirish uchun futbol sohasi rivojlangan mamlakatlarga ularni yuborishimiz kerak. O’shanda tajriba ham oshib boradi. O’zbekiston Futbol Federastiyasi aynan mana shu jihatga ahamiyat qaratayotgani juda quvonarli. Kitoblar hakida “Hozirgacha sport va futbol sohalarida yozgan kitoblarim soni 9 taga etdi. Menga esa 11 soni yoqadi. Shuning uchun ketma ket ikkita kitobim chiqishi kerak. Bu o’zbek futbolining enstiklopediyasi bo’lishi lozim. O’zbekistondagi eng yaxshi murabbiylar, futbolchilar, jurnalistlar, homiylar va futbolga yordam bergan davlat rahbarlarini xalqqa ko’rsatish, tanitishga harakat qilmoqchiman. Hozir kitobning 90 foiz materiali tayyor. Kitobning nomi “Asr futbolidagi asl qadrdonlarim haqida” deb atalgan. Bu kitobda o’zbek futbolining 100 yilligi haqida yozilgan. Hozircha kitobga 237 nafar odam kiritilgan. Bu odamlarning, deyarli hammasining uylariga bordim. Ularning ko’pchilik ko’rmagan suratlari va ular haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni jamlashga harakat qildim. Yanvarning oxirida o’zbek tilidagisini, fevralning oxirida esa kitobning rus tilidagi nashrini chiqarishni niyat qilganmiz. Hozircha kitob rasmlarsiz 700 betdan iborat. Rasmlar bilan ming betga yaqin.  Bu kitob haqidagi yangilikni eshitganlaridan so’ng O’FF prezidenti Umid Ahmadjonov: “Bu qilgan mehnatlaringiz uchun kitobni hamma xarajatlarini o’zimiz ko’taramiz va ularni yurtimizdagi barcha jamoalarga, ularning akademiyalariga, internatlarga, hakamlarga etkazib beramiz, qo’rqmasdan ishingizni davom ettiravering, deb aytdilar. Bu gaplardan keying qayta tuғilgandek bo’ldim. Buning uchun ularga katta rahmat aytaman”, - deya so’zlarini yakunladi Axbor Imomxo’jaev.

 Tadbir so’ngida kollej direktori U.Xakimov so’zga chiqib, ularning O’zbekiston futbolini rivojlantirish xaqidagi, yoshlarni tarbiyasi xaqidagi iliq so’zlari, maslaxatlari va o’gitlari uchun minnatdorchilik bildirib, estalik sovғalarini taqdim etdi. O’quvchilar bu uchrashuvdan kata tas’urotga va ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

  

Страница 1 из 15

Mutaxassislik va bo'limlar

MAXOBATLI RANGTASVIR

DASTGOHLI RANG TASVIR RASSOMI

GRAFIKA RASSOMI

LOKLI MINIATYURA RASSOMLARI

MAHOBATLI BEZAK SAN'ATI

QAYTA TIKLASH VA SAQLASH

TEATR BUTAFORIYA RASSOMI

TEATR GRIMI

TEATR SAHNA BEZAGI

TARIXIY LIBOSLAR

KINO VA TELEVIDENIYE SAN'ATI

HAYKALTAROSHLIK

YOG'OCH O'YMAKORLIGI

ZARGARLIK BUYUMLARI USTA-RASSOMI

NAQQOSHLIK USTA RASSOMI

Darslar jadvali

Onlayn qabulxona

© 2016-2017 Respublika rassomlik kolleji. Barcha huquqlar himoyalangan.
100021, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasi 6-uy.
Telefon: (0-371) 245-05-56
Veb-sahifa:www.rrk.uz, E-mail:[email protected]

Designed & Powered by LilRock.

Free counters!