P. Benkov nomidagi Respublika Rassomlik kollejida  yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish maqsadida Liberal demokratik partiyasi vakillari  ishtirokida «Deputat va yoshlar» mavzusida tashkil etilgan uchrashuv

      2018 yil 26 noyabr kuni soat 11-00 da kollejning tadbirlar zalida “Deputat va yoshlar” tadbiri doirasida kollej o‘quvchilarining LDP deputati, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Ma’sudov, O‘zbekiston xalq artistlari Yoqub Axmedov va Yodgor Sa’diyevlar bilan kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan suxbat bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda kollej direktori U.Xakimov so‘zga chiqib, bugungi tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarimizni kitob o‘qishga bo‘lgan mexrini oshirish, ularni ijodiy onglarini rivojlanishida, dunyoqarashni kengayishida kitobning axamiyati xaqida gapirib o‘tdi. Bu mavzuni davom ettirish maqsadida so‘z navbatini O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Axmedovga berdi. Y.Axmedov so‘zga chiqib,  o‘zining xayot yo‘li xaqida so‘zlab berarkan, uning shu muvoffaqiyatlarga erishishida kitobning o‘rni beqiyos ekanligi, bo‘sh vaqti bo‘ldi deguncha badiiy kitoblarni tinmay mutolaa qilganligini ta’kidladi. Tadbir davomida  Fatxulla Ma’sudov xamda shoira Farog‘atxonlar xam kitob mutolasiga doir bir qancha qiziqarli maslaxatlar berishdi. Yoshlar orasida badiiy jixatdan yuksak, intelektual saviyani o‘stirishga xizmat qiladigan kitoblar nashrini ko‘paytirish lozimligi xam ta’kidlandi. Tadbir so‘ngida mexmonlar tomonidan o‘quvchi yoshlarga 50 dan ortiq kitoblar xadya qilindi. Tadbir juda yuqori saviyada tashkil etildi.

  

  \

  

                                          

2018 yil soat 17-00 da markaziy ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi faxriy akademigi Nikolay Shinning ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Nikolay Shin 1944-1948 yillarda P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejida taxsil olgan. 1957 yil Moskvada bo‘lib o‘tgan Xalqaro yoshlar va talabalar festivali Nikolay Shinga birinchi va bosh mukofotni taqdim etdi. U ijodida o‘ziga xos badiiy mazmunni shakllantirib yevropa an’anaviy rangtasvirida mujassam etdi. 1960 yillarda N.Shin Uzoq Sharqdan koreyslarning ommaviy ko‘chirilishi “Rekviyem” mavzusida ijod qiladi. Qirg‘izistonda xam bir necha asarlar yaratgan, ular O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi kolleksiyasidan o‘rin olgan. 1962 yil rassom Rassomlar uyushmasiga a’zo bo‘ldi. N.Shin qabul qilingan badiiy metodlar va rasmiy uslub chegarasida qolib ustaxonada, goxda sinf xonasida shaxsiy ko‘rgazmalar tashkil etgan.

Ko‘rgazmani San’atshunoslik fanlari doktori, akademik N.Axmedova ochib berdi. U qisqacha Rassomning ijod yo‘li xaqida gapirib berdi. So‘z navbati rassom N.Shinga berilganda u ko‘rgazma nomlanishi sababi, o‘z asarlarida tomoshabinga yetkazmoqchi bo‘lgan fikrlari xaqida qisqacha ma’lumot berdi va xammani o‘z ko‘rgazmasiga taklif etidi. Ko‘rgazmaning ochilish marosimida O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi raisi A.nuriddinov xam ma’ruza qildi. Ko‘rgazma juda yuqori saviyada tashkil etildi. Bu ko‘rgazma 26 noyabrgacha davom etadi.

 

  

 

Похожее изображение

P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejida 2018 yil 26 oktabr kuni soat 13-00 da o‘quvchilarda o‘z kasbiga bo‘lgan mexrini yanada oshirish, ularda shijoat, sabr toqat, o‘z maqsadiga intiluvchanlik xisslarini shakllantirish maqsadida Xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademiki, Rossiya Federatsiyasi akademigi Ibragimov Lekim Xakimovich bilan kollej o‘quvchilari uchun ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirni ochilish marosimida kollej direktori U.Xakimov Lekim Ibragimovning mamlakatimiz san’ati rivojiga qo‘shgan xissasi beqiyos ekanini, uning asarlari ko‘pchilikni xayratga solishi, uning asarlaridan ko‘p narsani ko‘rib, ko‘p narsalarni o‘ylash mumkinlinini aytib o‘tdi. Rassom juda moxirlik bilan bizning mintaqamiz tarixi va zamonaviy tasvirini xaqiqiy aks ettira olishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng so‘z navbati Ibragimov Lekim Xakimovichga berildi. L.Ibragimov tasviriy san’atning turi va janrlari, san’atning tarbiyaviy axamiyati, tasvir va ifoda vositalari, o‘tgan voqea-hodisalar, tarixiy shaxslar, xalqlarning turmush madaniyati bilan tanishtirdi. U Maxorat darsida o‘quvchilarga rassomlik san’atining nozik qirralarini ko‘rsatib bera oladigan jixatlari va asarni taxlil qilish maxoratini o‘rgatdi. Mashg‘ulot yuqori saviyada tashkil etildi.

Ma’ruza bo‘yicha kollej o‘quvchilari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Kollej o‘quvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbir o‘z mazmun va moxiyatga ega bo‘ldi. Kun tartibidagi ma’ruzalardan so‘ng navbat savol-javob va fikr almashishga berildi. Yoshlar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachi aniq javoblar berdi. Bu orqali yoshlarimiz davra suxbat doirasida bir qancha qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

 

   

2018 yil 20 oktabr kuni kollejda Xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi Javlon Umarbekov bilan kollej o‘quvchilari uchun maxorat darsi tashkil etildi.

Kollejning Markaziy  zalida rassomning maxorat darsi (master klass) tashkil etildi. Bu darsda kollej o‘quvchi va o‘qituvchilari faol ishtirok etishdi. Dars juda qiziqarli, xayajonlarga boy tarzda yuqori saviyada tashkil etildi.

 

      2018 yil 19 oktabr kuni P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejiga Rossiyadan tashrif buyurgan Meynstrim fonida ijod qiluvchi rassom Aleksandr Nikolayev boshchiligidagi delegatsiya  tashrif buyurdi. Tashrif davomida rassom kollejdagi ijodiy soxada olib borilayotgan ishlar, ta’lim tarbiya jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Kollejdagi ijodiy muxitni, o‘quvchilar tomonidan chizilgan ijodiy ishlarning saviyasini yuqori baxoladi.

Shu kuni soat 17-00 da markaziy ko‘rgazmalar zalida ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmani San’atshunoslik fanlari doktori, akademik N.Axmedova ochib berdi. U qisqacha Rassomning ijod yo‘li xaqida gapirib berdi. So‘z navbati rassom Aleksandr Nikolayevga berilganda u ko‘rgazma nomining “Voqelikka sayoxat” deb nomlanishi sababi, o‘z asarlarida tomoshabinga yetkazmoqchi bo‘lgan fikrlari xaqida qisqacha ma’lumot berdi va xammani o‘z ko‘rgazmasiga taklif etidi. Ko‘rgazmaning ochilish marosimida O‘zbekiston Badiiy Akademiyasidan F.Eminov xam ma’ruza qildi. Ko‘rgazma juda yuqori saviyada tashkil etildi. Bu ko‘rgazma 5 noyabrgacha davom etadi. 21 oktabr kuni markaziy ko‘rgazmalar zalida rassomning maxorat darsi (master klass) tashkil etildi. Bu darsda kollej o‘quvchi va o‘qituvchilari faol ishtirok etishdi. Dars juda qiziqarli, xayajonlarga boy tarzda yuqori saviyada tashkil etildi.

 

Страница 3 из 15

Mutaxassislik va bo'limlar

MAXOBATLI RANGTASVIR

DASTGOHLI RANG TASVIR RASSOMI

GRAFIKA RASSOMI

LOKLI MINIATYURA RASSOMLARI

MAHOBATLI BEZAK SAN'ATI

QAYTA TIKLASH VA SAQLASH

TEATR BUTAFORIYA RASSOMI

TEATR GRIMI

TEATR SAHNA BEZAGI

TARIXIY LIBOSLAR

KINO VA TELEVIDENIYE SAN'ATI

HAYKALTAROSHLIK

YOG'OCH O'YMAKORLIGI

ZARGARLIK BUYUMLARI USTA-RASSOMI

NAQQOSHLIK USTA RASSOMI

Darslar jadvali

Onlayn qabulxona

© 2016-2017 Respublika rassomlik kolleji. Barcha huquqlar himoyalangan.
100021, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasi 6-uy.
Telefon: (0-371) 245-05-56
Veb-sahifa:www.rrk.uz, E-mail:[email protected]

Designed & Powered by LilRock.

Free counters!