Respublika Rassomlik kollejida 2017 yil 30 yanvar sanasida O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ilangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirni S.Egamov ochib berib, bu tadbirdan asosiy maqsadimiz, deb so‘zni davom ettirdi, davlatimiz birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov Vatanimiz mustaqilligi, xalqimiz ozodligi yo‘lida ko‘rsatgan fidoyiligi, ona-yurtga muhabbat, millatimiz oldidagi yuksak xizmatlari har bir O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ongi va qalbida. I.A.Karimovda xushyorlik, sezgarlik, ehtiyotkorlik, qat’iyatlik, churtkesarlik bilan birga ishonuvchilik, ko‘ngilchanlik, mulohozakorlik, murosa va muloqotga moyilliklari bilan butun dunyo tanilganlar.

Biroq Islom Karimovning ishonuvchanligi va ko‘ngilchanligidan foydalanib, uning og‘izlaridan bol tomadigan do‘stlari, strategik hamkorlari, MDH va ODKBdagi bazi sheriklari, butun mintaqada ko‘z quloq bo‘lib turgan o‘z yurtimizdagi ishongan tog‘lari pand bergan xolatlar ham bo‘ldi. O‘sh va Jalolobodda yuz bergan fojiatlar ana shulardan biri edi. Qonli voqea olovi paytda prezidentimizning tutgan pozitsiyasiga, tanlangan yo‘lga, qabul qilingan qarorga, ko‘rgan chora-tadbirlarga, eng muhimi, fitnachilar, munofikirlar, sohta do‘stlar, g‘arazli hamkorlar kimligini bila turib ko‘rsatgan donoligigi, aql-zakovatigi, diplomatik mohoratiga butun dunyo tan berdi.

Hozir jahoni ko‘rib kuzatib turibmiz, mamlakatning katta yoki kichikligidan, kuchli yoki kuchsizligidan, boy yoki qambag‘alligidan qat’i nazar ichki hamda tashqi siyosatda prezidentlar davlatni o‘z harakterlaridan kelib chiqib boshqarmoqdalar. Agar ularning boshqarish usullarini kuzatsangiz, Islom Karimovning reytingi o‘zingizni qoniqtirganigi ishonch xosil qilasiz tushuncha berdilar.

Xulosa qilib aytganda, birinchi prezidentimizning “Hayotimizning qaysi sohasini olmaylik, ularning barchasi oxir‑oqibatda shu masalaga, ya’ni bizning qanday jamiyat qurishimiz va shu jamiyatga munosib barkamol avlodni tarbiyalashimizga borib taqaladi”, - degan fikrlarini aytishdi.

Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ilangan ko‘rgazma tanlovi o‘tkazidi. Ko‘rgazma mobaynida kollej o‘quvchilari tomondan chizilgan rasmlari va yasalgan byustlari baholanib natijalari yetkazildi.

 

Страница 4 из 15

Mutaxassislik va bo'limlar

MAXOBATLI RANGTASVIR

DASTGOHLI RANG TASVIR RASSOMI

GRAFIKA RASSOMI

LOKLI MINIATYURA RASSOMLARI

MAHOBATLI BEZAK SAN'ATI

QAYTA TIKLASH VA SAQLASH

TEATR BUTAFORIYA RASSOMI

TEATR GRIMI

TEATR SAHNA BEZAGI

TARIXIY LIBOSLAR

KINO VA TELEVIDENIYE SAN'ATI

HAYKALTAROSHLIK

YOG'OCH O'YMAKORLIGI

ZARGARLIK BUYUMLARI USTA-RASSOMI

NAQQOSHLIK USTA RASSOMI

Darslar jadvali

Onlayn qabulxona

© 2016-2017 Respublika rassomlik kolleji. Barcha huquqlar himoyalangan.
100021, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasi 6-uy.
Telefon: (0-371) 245-05-56
Veb-sahifa:www.rrk.uz, E-mail:[email protected]

Designed & Powered by LilRock.

Free counters!