Respublika rassomlik kolleji ma`muriyati Sizlarni Yangi yil bilan chin qalbdan samimiy tabriklaydi. Ushbu yangi yil sizlarga o`zingizga nisbatan kuchli ishоnch, shijоat оlib kelsin. Shuningdek, sizlarga va yaqinlaringizga sihat-salоmatlik, оilaviy tinchlik-xоtirjamlik, ishlaringizda va o`qishlaringizda оmadlar tilab qоlamiz. Nimayiki оrzu qilgan bo`lsangiz оrzuingiz ro`yobga chiqsin. Kelayotgan Yangi 2017 yil faqat yaxshiliklar оlib kelsin. Qilgan barcha ezgu amallaringiz bardavоm bo`lsin, kelajakka bo`lgan ishоnchingiz yanada оshsin. Yangi yilingiz muborak bo’lsin! ! !

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 24 yilligi munosabati bilan 7-dekabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat, san’at va sport namoyandalari, keng jamoatchilik, yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishni Toshkent shahar hokimi R.Usmonov ochdi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.

Shu kunlarda yurtimiz, respublikamizning barcha axolisi buyuk bayram - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligini nishonlamoqda. Bizning Asosiy Qomusimiz jinsi, irqi, millati, tili, dini, sotsial kelib chiqishidan qat'iy nazar, barcha o'zbekistonliklarni bir xil huquq va ozodlik bilan ta'minlaydi. Konstitutsiyamiz boy madaniy merosimiz hamda o'zbek xalqining ko'p asrlik tarixiga asoslangandir.

Istiqlol egalari bo'lmish yosh avlodni bilimli, savodxon, ma'naviy barkamol va jismonan sog'lom qilib voyaga yetkazishda o'qituvchi-murabbiylarning hissasi benihoya kattadir. Ular berayotgan puxta bilim va ibratli tarbiya katta hayot ostonasida turgan o'g'il-qizlarning vatanparvar hamda hayotda chin inson bo'lishlari, Vatanimizga, xalqimizga fidoyi va halol xizmat qiladigan insonlar bo'lib yetishishiga zamin bo'lib xizmat qiladi. Muhtaram ustozlarimizga o'z hurmatimiz va e'tiborimizni 1997 yildan beri respublikamizda keng nishonlanib kelayotgan 1 oktyabr – Ustozlar va murabbiylar kuni yana bir bor izhor qilishimiz mumkin.

Страница 7 из 15

Mutaxassislik va bo'limlar

MAXOBATLI RANGTASVIR

DASTGOHLI RANG TASVIR RASSOMI

GRAFIKA RASSOMI

LOKLI MINIATYURA RASSOMLARI

MAHOBATLI BEZAK SAN'ATI

QAYTA TIKLASH VA SAQLASH

TEATR BUTAFORIYA RASSOMI

TEATR GRIMI

TEATR SAHNA BEZAGI

TARIXIY LIBOSLAR

KINO VA TELEVIDENIYE SAN'ATI

HAYKALTAROSHLIK

YOG'OCH O'YMAKORLIGI

ZARGARLIK BUYUMLARI USTA-RASSOMI

NAQQOSHLIK USTA RASSOMI

Darslar jadvali

Onlayn qabulxona

© 2016-2017 Respublika rassomlik kolleji. Barcha huquqlar himoyalangan.
100021, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasi 6-uy.
Telefon: (0-371) 245-05-56
Veb-sahifa:www.rrk.uz, E-mail:[email protected]

Designed & Powered by LilRock.

Free counters!