Tadbirni kollej direktori U.Xakimov ochib berdi. So'zni kollej ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari F.Pattoxov davom ettirdilar. So'z davomida buyuk mutafakkir shoir va davlat arbobi Alisher Navoiyning serqirra ijodi, uning o'zbek adabiy tili va uni rivojiga qo'shgan hissasi hamda jahon adabiyotida tutgan o'rni haqida fikrlarini bayon etdi, shuningdek, Zahiriddin Muhammad Boburning g'oyat qaltis tarixiy sharoitda kechgan hayoti, davlat rahbari sifatida olib borgan bunyodkorlik ishlari va badiiy ijodi bilan bog'liq ma'lumotlarini bayon etdi.

Tadbirda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, “Xurriyat” gazetasining xodimlari, shoir, Abdumajidov Azim shoira Imirova Adiba so'zga chiqib, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi bugungi kunda dunyoning ko'plab tillariga tarjima qilinganligi va dunyo xalqlari tomonidan o'rganilishi haqidagi fikrlarini bayon etdi. U so'zini davom ettirib ikki buyuk mutafakkir ijodining yoshlar ma'naviy tarbiyasidagi tutgan o'rni hamda ularda Vatanga muhabbat tuyg'ularini, insoniy fazilatlarini shakllantirishdagi xizmatlari beqiyos ekanligi haqida to'xtalib o'tdi. Tadbirda shoira Imirova Adiba ham so'zga chiqib ikki mutafakkir ijodkorning asarlari ko'p davlatlar qatori Bangladeshda ham chuqur o'rganilishi haqidagi o'z fikrlarini bayon etdi. Xususan, Zahiriddin Muhammad Boburning hozirgi Bangladesh davlati hududida olib borgan bunyodkorlik ishlari, o'sha davr tarixi, insonlar hayoti, hududlar geografiyasiga oid ma'lumotlar bayon etilgan “Boburnoma” memuar asari haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Shuningdek, u O'zbekiston zaminida yashab ijod etgan buyuk mutafakkirlar hayoti va ijodi hamda uni o'rganishga berilayotgan e'tiborni ko'rib hayratda qolganligini alohida ta'kidlab o'tdi. Bobur va Alisher Navoiy bir vaqtda ijod etishgani, lekin tarixiy voqealar sabab o'zaro ko'risha olmaganliklari, shuningdek Bobur Navoiy ijodidan hamisha ilhom olib ijod etganligi va har bir inson hayotida o'z tug'ilib voyaga etgan zamin - Vatanining har bir qarich eri, tuprog'i muqaddas ekanligi to'g'risidagi fikrlarini bayon etdi va shoir ijodidan parchalar o'qib berdi. Tadbir davomida so'zga chiqqanlar Navoiy va Bobur yaratgan buyuk asarlari milliy adabiyotimiz va madaniyatimizni rivojlantirish, xalqimiz ma'naviyati, ong va tafakkurini yuksaltirish yosh avlod qalbida o'zlikni anglash tuyg'ularini singdirib borishda tutgan o'rni haqida talabalarga o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tdi. Tadbir davomida o'quvchilar tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhamma Bobur g'azal va ruboiylari o'zbek, rus, qozoq va ingliz tillarida ijro etildi. Shuningdek shoirlar ijodiga mansub asarlar asosida yaratilgan qo'shiqlar va sahna ko'rinishlari namoyish etildi. Tadbir yakunida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.