Mazkur ko‘rgazmada rang tasvirchi rassom Hasan Egamberdiev va uning shogirdlari ijodiy ishlari tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.
Yurtimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida yoshlarning ijodiy-intellektual salohiyatini yuksaltirish, badiiy ta’limni ravnaq toptirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mo‘yqalam sohibining Shodibekova Oltinoy, Shavkatova Nodira, Ahmadbekova Madinabonu, Erkinova Madinabonu, Shukuritdinova Robiya, Xojiakbarova Inobat, Xolmatov Nog'monjon, Xazratov Abbos singari shogirdlari ijodiy ishlarida ham rang tasvir san’ati an’analari aks etgan. Ko‘rgazmadan o‘rin olgan “Amur Temur” siymosida Behzod Muhammadkarimov, Obraz siymosida “Boir Xolmirzaev”lar porteriti  va “Tog`manzaralaria”, “Naturmort” kabi asarlar  tiniq va yorqin tasvirlari, nozik chizgilari bilan san’at muxlislarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.