P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejida 3-kurs ijodkor o‘quvchilari ishtirokida “Orzular qanotida” deb nomlangan ijodiy ko‘rgazma bo`lib o`tdi.

   Kollej direktori U.Xakimov tadbirni ochib berdi. Nutq so‘zlarkan bugungi uchrashuvimizning asosiy maqsadi, Mamlakatimizda yosh avlodga zamonaviy bilim berish, ularni har jihatdan sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, iste’dodi va qobiliyatini to‘laqonli namoyon etishi uchun qulay sharoitlar yaratish masalasi doimiy e’tiborda bo‘lib kelmoqda.  Ko‘rgazma "Orzular qanotida" deb nomlangani bejiz emas. Bu yerda kollejning turli ijodiy tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan iqtidorli o‘quvchilarning chizgan rasmlari namoyish etilmoqda. Saidnazirxanova Madina, Shavkatova E’zoza, Baxtiyorova Zarnigor, Uktamova Aziza, Yunusova Malika, Ayubova Munisa, Xidoyatova Xurshida, Abdufattoxova Maftuna, Shoxidova Mubina, Islamova Sitora, Nuriddinova Solixabonu, Abduraimova Moxlaroylarning rangtasvir, grafikaga oid rasmlari mavzusining rang-barangligi, o‘quvchilarning boy va beg‘ubor xayolot dunyosini to‘laqonli aks ettirgani, ona Vatanga, tabiatga, borliqqa cheksiz mehr-muhabbatga to‘lib toshgani bilan ko‘pchilikka manzur bo‘lmoqda bu o‘quvchilardan umidimiz juda katta deb so‘zini tugatdi va so‘zni O‘zbekiston Badiiy Akademiya bosh ilmiy kotibi  - Abidova Feruza Abdullayevnaga berdi. F.Abdullayevna bugungi kunda yoshlarga yaratilayogan imkoniyatlarning cheksizligi, bu imkoniyatlardan yoshlar unumli foydalana olishi, yurtimiz kelajagi yoshlar qo‘lida ekanligi va bu iqtidorli yoshlar safi ko‘payishiga ishonch bildiramiz, bugungi ko‘rgazma qatnashchilariga ulkan parvozlar tilab qolamiz deb so‘zini yakunladi.

So‘ngra kollejning ko‘rgazmalar zalida ko‘rgazmaning ochilishi bo‘lib o‘tdi.   Ko‘rgazmaga qo‘yilgan asarlar bilan ishtirokchilarning barchasi tanishib chiqdilar va iliq fikrlar bildirdilar. OAV vakillariga direktor U.Xakimov intervyu.berdi.

– Bunday ko‘rgazmalarning tashkil etilishi mamlakatimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning amaliy namunasidir, – deydi kollej direktori U.Xakimov – Bu e’tibor bolalarning astoydil izlanishi, ijod qilishi, o‘qishga bo‘lgan qiziqishining tobora kuchayishida muhim omil bo‘lmoqda. 

Tadbir ko‘tarinki ruxda yuqori saviyada tashkil etildi. Bu tadbir yoshlarga va tadbir qatnashchilariga yangi ijodiy g‘oyalarni yaratilishida katta axamiyatga ega bo‘ldi hamda uning barcha ishtirokchilari jarayonlarda faol ishtirok etishib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.