Yig‘ilishda xakamlar xay’ati raisi S.Egamov so‘zga chiqib, kollejda o‘tkazilgan “Kitob mening taqdirimda” nomli kitobxonlik tanlovi juda chiroyli va talab darajasida o‘tganligini ta’kidladi. Lekin keyingi yillarda bunday kitobxonlik tanloviga ko‘proq o‘quvchilarni jalb etish lozimligi, kollejda iqtidorli o‘quvchilar juda ko‘pligini ta’kidladi. Bo‘lib o‘tgan tanlovda kollejning 10 nafar kitobxon, iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etib, ularning xar biri tanlov nizomi asosida baholandi. Ishtirokchilardan 1-nafari, Xolmatov Asliddin Tuman bosqichiga ishtirok etish uchun tavsiya etildi.