P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejida 2018 yil 27 sentabr kuni soat 10-00 da o‘quvchilarda o‘z kasbiga bo‘lgan mexrini yanada oshirish, ularda shijoat, sabr toqat, o‘z maqsadiga intiluvchanlik xisslarini shakllantirish maqsadida Farg‘onalik rassom yigit, 1-guruh nogironi "Jasorat medal" soxibi  Urinbayev Shuxrat Minojiddinovich bilan kollej o‘quvchilari uchun maxorat darsi tashkil etildi.