Markaziy ko‘rgazmalar zalida ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmani San’atshunoslik fanlari doktori, akademik N.Axmedova ochib berdi. U qisqacha Rassomning ijod yo‘li xaqida gapirib berdi. So‘z navbati rassom Aleksandr Nikolayevga berilganda u ko‘rgazma nomining “Voqelikka sayoxat” deb nomlanishi sababi, o‘z asarlarida tomoshabinga yetkazmoqchi bo‘lgan fikrlari xaqida qisqacha ma’lumot berdi va xammani o‘z ko‘rgazmasiga taklif etidi. Ko‘rgazmaning ochilish marosimida O‘zbekiston Badiiy Akademiyasidan F.Eminov xam ma’ruza qildi. Ko‘rgazma juda yuqori saviyada tashkil etildi. Bu ko‘rgazma 5 noyabrgacha davom etadi. 21 oktabr kuni markaziy ko‘rgazmalar zalida rassomning maxorat darsi (master klass) tashkil etildi. Bu darsda kollej o‘quvchi va o‘qituvchilari faol ishtirok etishdi. Dars juda qiziqarli, xayajonlarga boy tarzda yuqori saviyada tashkil etildi.