P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejida 2018 yil 20 oktabr kuni soat 10-00 da o‘quvchilarda o‘z kasbiga bo‘lgan mexrini yanada oshirish, ularda shijoat, sabr toqat, o‘z maqsadiga intiluvchanlik xisslarini shakllantirish maqsadida Xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademiki Javlon Umarbekov bilan kollej o‘quvchilari uchun maxorat darsi tashkil etildi. Tadbirni ochilish marosimida kollej direktori U.Xakimov Javlon Umarbekovning mamlakatimiz san’ati rivojiga qo‘shgan xissasi beqiyos ekanini, uning asarlari ko‘pchilikni xayratga solishi, uning asarlaridan ko‘p narsani ko‘rib, ko‘p narsalarni o‘ylash mumkinlinini aytib o‘tdi. Rassom juda moxirlik bilan bizning mintaqamiz tarixi va zamonaviy tasvirini xaqiqiy aks ettira olishini ta’kidladi. Maxorat darsida rassom o‘quvchilarga rassomlik san’atining nozik qirralarini ko‘rsatib bera oladigan qizning portretini chizdi va bu asarni o‘quvchilar bilan taxlil qildi. Mashg‘ulot yuqori saviyada tashkil etildi.