P.Benkov nomidagi Respublika Rassomlik kollejida ma’naviyat kuni doirasida Xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining akademigi, Rossiya Federatsiyasi akademigi Ibragimov Lekim Xakimovich bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejida 2018 yil 26 oktabr kuni soat 13-00 da o‘quvchilarda o‘z kasbiga bo‘lgan mexrini yanada oshirish, ularda shijoat, sabr toqat, o‘z maqsadiga intiluvchanlik xisslarini shakllantirish maqsadida Xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademiki, Rossiya Federatsiyasi akademigi Ibragimov Lekim Xakimovich bilan kollej o‘quvchilari uchun ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirni ochilish marosimida kollej direktori U.Xakimov Lekim Ibragimovning mamlakatimiz san’ati rivojiga qo‘shgan xissasi beqiyos ekanini, uning asarlari ko‘pchilikni xayratga solishi, uning asarlaridan ko‘p narsani ko‘rib, ko‘p narsalarni o‘ylash mumkinlinini aytib o‘tdi. Rassom juda moxirlik bilan bizning mintaqamiz tarixi va zamonaviy tasvirini xaqiqiy aks ettira olishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng so‘z navbati Ibragimov Lekim Xakimovichga berildi. L.Ibragimov tasviriy san’atning turi va janrlari, san’atning tarbiyaviy axamiyati, tasvir va ifoda vositalari, o‘tgan voqea-hodisalar, tarixiy shaxslar, xalqlarning turmush madaniyati bilan tanishtirdi. U Maxorat darsida o‘quvchilarga rassomlik san’atining nozik qirralarini ko‘rsatib bera oladigan jixatlari va asarni taxlil qilish maxoratini o‘rgatdi. Mashg‘ulot yuqori saviyada tashkil etildi.

Ma’ruza bo‘yicha kollej o‘quvchilari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Kollej o‘quvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbir o‘z mazmun va moxiyatga ega bo‘ldi. Kun tartibidagi ma’ruzalardan so‘ng navbat savol-javob va fikr almashishga berildi. Yoshlar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachi aniq javoblar berdi. Bu orqali yoshlarimiz davra suxbat doirasida bir qancha qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.