P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejida inson xuquqlari umumjaxon dekloratsiyasining 70 yilligi hamda O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 26 yilligiga bag‘ishlangan “Dekloratsiya va O‘zbekiston konstitutsiyasining mushtarakligi” mavzusida o‘tkazilgan tadbir bo`lib o`tdi.

            

       

2018 yil 15 noyabr kuni soat 12-30 da kollejning tadbirlar zalida kollej o‘quvchilarining inson xuquqlari umumjaxon dekloratsiyasining 70 yilligi xamda O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 26 yilligiga bag‘ishlangan “Dekloratsiya va O‘zbekiston konstitutsiyasining mushtarakligi” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiya xarbiy texnik instituti katta o‘qituvchisi,yuridik fanlar nomzodi Axmedova Muqaddas Tursunovna xamdaO‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, xarbiy texnika instituti katta o‘qituvchisi, mayor Maxmudov Dilmurod Ro‘zmetovichlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.                                                                                                

Kasbiy ta’lim ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari J. Xolmuxamedov tadbirni ochib berdi. Nutq so‘zlarkan bugungi uchrashuvimizning asosiy maqsadi, Bosh Qomusimizning mazmun-mohiyati, uning yoshlarimiz hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida ekanligini ta’kidladi. Xamda so‘z navbatini D.Maxmudovga berdi. Ma’ruzachi o‘z nutqida Konstitutsiya har qanday davlatning yuzi, uning obro‘-e’tibori hisoblanadi. U davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusdir. Barchamizning oldimizda turgan dolzarb vazifalar aniq-ravshan ko‘rsatib berilgani, ularni amalga oshirish uchun butun aholisi bir yoqadan bosh chiqarib, hamjihatlik bilan mehnat qilishi zarur deb fikr bildirdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Rezolyutsiya 217 A (III) bilan 1948 yil 10 dekabrda qabul va e’lon qilingan. Bu dekloratsiyada Insoniyat oilasining hamma a’zolariga xos qadr-qimmat va ularning teng, ajralmas huquqlarini tan olish erkinlik, adolat va yalpi tinchlik asosi ekanligini e’tiborga olib;

inson huquqlarini mensimaslik va uni poymol etish insoniyat vijdoni qiynaladigan vahshiyona ishlar sodir etilishiga olib kelganini, kishilar so‘z erkinligi va e’tiqod erkinligiga ega bo‘ladigan hamda qo‘rquv va muhtojlikdan holi sharoitda yashaydigan dunyoni yaratish insonlarning ezgu intilishidir deb e’lon qilinganligini e’tiborga olib;

inson oxirgi chora sifatida zulm va istibdodga qarshi isyon ko‘tarishga majbur bo‘lishining oldini olish maqsadida inson huquqlari qonun kuchi bilan himoya etilishi zarur ekanligini e’tiborga olib;

xalqlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashish zarurligini e’tiborga olib;

Birlashgan Millatlar xalqlari insonning asosiy huquqlariga, shaxsning qadr-qimmatiga, erkak va ayolning teng huquqliligiga, o‘z e’tiqodlarini Nizomda tasdiqlaganliklari hamda yanada kengroq erkinlikda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashishga ahd qilganliklarini e’tiborga olib;

a’zo bo‘lgan davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda inson huquqlari va asosiy erkinliklarini yalpi hurmat qilish va unga rioya qilishga ko‘maklashish majburiyatini olganligini e’tiborga olib; Bosh Assambleya
mazkur Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini barcha xalqlar va barcha davlatlar bajarishga intilishi lozim bo‘lgan vazifa sifatida e’lon qilar ekan, bundan muddao shuki, har bir inson va jamiyatning har bir tashkiloti doimo ushbu Deklaratsiyani nazarda tutgan holda ma’rifat va ta’lim yo‘li bilan bu huquq va erkinliklarning hurmat qilinishiga ko‘maklashishi, milliy va xalqaro taraqqiyparvar tadbirlar orqali ham uning bajarilishi ta’minlanishiga, Tashkilotga a’zo bo‘lgan davlatlar xalqlari o‘rtasida va ushbu davlatlarning yurisdiksiyasidagi hududlarda yashayotgan xalqlar o‘rtasida yalpisiga va samarali tan olinishiga intilishlari zarurligini alohida ta’kidlab bugungi ma’ruzani tamomladilar.

Tadbir o‘ziga xos savol-javob usulda tashkil etildi va yoshlarga va tadbir tinglovchilariga huquqiy maslahatlar berildi hamda uning barcha ishtirokchilari jarayonlarda faol ishtirok etishib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.