P.Benkov nomidagi Respublika Rassomlik kollejida  yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish maqsadida Liberal demokratik partiyasi vakillari  ishtirokida «Deputat va yoshlar» mavzusida tashkil etilgan uchrashuv bo`lib o`tdi.

    2018 yil 26 noyabr kuni soat 11-00 da kollejning tadbirlar zalida “Deputat va yoshlar” tadbiri doirasida kollej o‘quvchilarining LDP deputati, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Ma’sudov, O‘zbekiston xalq artistlari Yoqub Axmedov va Yodgor Sa’diyevlar bilan kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan suxbat bo‘lib o‘tdi.

  Ushbu tadbirda kollej direktori U.Xakimov so‘zga chiqib, bugungi tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarimizni kitob o‘qishga bo‘lgan mexrini oshirish, ularni ijodiy onglarini rivojlanishida, dunyoqarashni kengayishida kitobning axamiyati xaqida gapirib o‘tdi. Bu mavzuni davom ettirish maqsadida so‘z navbatini O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Axmedovga berdi. Y.Axmedov so‘zga chiqib,  o‘zining xayot yo‘li xaqida so‘zlab berarkan, uning shu muvoffaqiyatlarga erishishida kitobning o‘rni beqiyos ekanligi, bo‘sh vaqti bo‘ldi deguncha badiiy kitoblarni tinmay mutolaa qilganligini ta’kidladi.