O‘zbekiston Respublikasi Prezident Sh.Mirziyoyev  raxbarligida 2019 yil 19 martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muxim tashabbusini amalga oshirish to‘g‘risida”gi o‘tkazilgan videoselektor majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 9 aprel kuni soat 17-00 da Toshkent fotolar uyida «Teatr va tarixiy liboslari san’ati» bo‘limi o‘quvchi va o‘qituvchilarining “Moziydan laxzalar” nomli ko‘rgazma va liboslar namoyishining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Ushbu tadbirda O‘zbekiston milliy akademik dramma teatrining artistlari Nigina Anorboyeva hamda Xamza Mo‘minovlar boshlovchilik qildilar.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zBA rais o‘rinbosari F.Eminov, kollej direktori U.Xakimov hamda «Teatr va tarixiy liboslari san’ati» kafedrasi mudiri G.Alimovalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Tadbirni tashkil etish va   o‘tkazishda jonbozlik ko‘rsatgan tadbir rejissori, bo‘limning o‘qituvchi hamda o‘quvchilariga diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Tadbir ochilishidan sung liboslar defilesi bo‘lib o‘tdi. Ushbu defileda yuzdan ortiq liboslar to‘plami taklif etilgan mexmonlarga taqdim etildi.

Ushbu ko‘rgazma O‘zbekiston teleradiokompaniyasi muxbirlari tomonidan suratga olindi.