Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi direktori U.Xakimov bugungi davra suxbati haqida qisqacha tushuntirib o‘tdilar hamda so‘z navbatini, maktabning yetakchi o‘qituvchisi, sanatshunos Shamsiyeva Durdonaga berdilar.              

U o‘z ma’ruzasida Yanis Salpinkidi o‘z ijodi bilan turli ko‘rgazmalarda ishtirok etgani, uning ijod yo‘li xaqida qisqacha so‘zlab berdi.So‘zga chiqqan maxoratli rassom Y.Solpenkidi o‘quvchilarga rassom bo‘lish uchun insondan katta mexnat, sabr-toqat, maxorat va qobiliyat kerak  bo‘lishi xaqida so‘zlab berdi. O‘zining xayot yo‘li, ishtirok etgan ko‘rgazmalari, erishgan yutuqlari barchasi katta mexnat evaziga erishgani xaqida ta’kidladi. O‘quvchilarga xar bir kasb mexnatni va o‘z kasbiga muxabbatni talab qilishi xaqida ma’ulmot berdi. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlari qiziqqan savollariga to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldilar. Tadbirdan so‘ng rassomning shogirdi tomonidan o‘quvchilarga maxorat darsi tashkil etildi. Y.Salpingidi asarlarining ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ushbu o‘tkazilgan ijodiy suxbat o‘quvchilarda katta ta’surot qoldirdi.